Groysman Ukrainaning yangi bosh vaziri

Фото муаллифлик ҳуқуқи UNIAN

Ukrainadagi bir necha kunlik siyosiy noaniqlik ortidan mamlakat parlamenti Volodimir Groysmanni bosh vazir lavozimiga tayinlashni ma'qullab ovoz bergan.

Volodimir Groysman shu paytgacha Ukraina Radasi spikeri lavozimini egallab kelayotgan va bosh vazir Arseniy Yatsenyuk iste'fosi ortidan janob Groysman hukumatni boshqarishi mumkinligi haqidagi bashoratlar bildirilayotgan edi.

Parlamentdagi deputatlarning 257 nafari o'z spikerlarini Ukraina bosh vaziri etib tayinlash taklifini yoqlab ovoz berganlar.

50 deputat qarshi ovoz bergan.

Yatsenyuk rahbarligidagi hukumatni anchadan buyon etarli beamallik va kooruptsiyaga botganlikda aylab kelishadi.

Hukumat oxirgi haftalarda jiddiy muammolarga duch keldi.

Xususan, ko'zga ko'ringan islohotchi deb tan olingan qator siyosatchilar hukumatni tark etdilar.

Ikki oy oldin Iqtisodiyot vaziri Aivaras Abromavichyus iste'fo berishga qaror qilganini e'lon etdi, hukumatni korruptsiyaga chek qo'yish maqsadida etarli sa'y-harakat qilmaganlikda aybladi.

Arseniy Yatsenyuk 2014 yil fevralida rossiyaparast sobiq prezident Viktor Yanukovichni qudratdan ag'dargan yirik norozilik namoyishlaridan buyon bosh vazirlik lavozimini egallab kelayotgan edi.

10 aprel kuni iste'foga chiqishini e'lon qilarkan, Arseniy Yatsenyuk Ukraina siyosatchilarini “haqiqiy o'zgarishlarni amalga oshirolmaganlikda” aybladi.

Shu yil fevralida Prezident Pyotr Poroshenko janob Yatsenyukdan iste'foga chiqishni talab qilgan, biroq mamlakatda mashhurligi tushib ketganiga qaramasdan, parlamentdagi ovoz berishda unga ishonch berilgan edi.

Volodimir Groysman Prezident Pyotr Poroshenkoning ittifoqchisi hisoblanadi.

Radada bosh vazir nomzodi uchun ovoz berishdan oldin parlament a'zolari qarshisida Prezident Poroshenko chiqish qilgan.

Tanqidchilari Pyotr Poroshenkoni haqiqiy o'zgarishlar yo'lida o'zi to'siq bo'lib turganlikda ayblashgan, bunga javoban janob Poroshenko o'zining hukumatining asosiy maqsadi Ovro'po bilan yanada ko'proq integratsiyaga erishish va korruptsiyaga qarshi kurash bo'lishini ta'kidlagan.

Volodimir Groysman Ukraina markazidagi Vinnitsa shahrida 1978 yili 20 yanvarida tug'ilgan.

Vinnitsa shahri hokimi lavozimini egallagan yillarida yo'llarni ta'mirlab, kommunal xizmatlar faoliyatini yaxshilagan, hokimiyat bilan xalq muloqotini yaqinlashtirgani odamlar orasida mashhurligini oshirgan.

2014 yilgi parlament saylovidan keyin Kievga taklif etilgan, Ukraina parlamenti spikeri lavozimini egallagan edi.

Bi-bi-si muxbiri yozishicha, endi janob Groysman Ovro'po Ittifoqi dastaklagan islohotlarni davom ettirish bosimi ostida qoladi.

"Biz hammamiz birgalikda Ukrainani muvaffiqyatli qilamiz", deb aytgan Volodimir Groysman bosh vazir etib saylanganidan keyin.

  • BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02.
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBCUZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring

Бу мавзуда батафсилроқ