Ukrainalik Jamala "Ovro‘nigoh" g‘olibi

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

"Ovro‘nigoh-2016" tanlovida Ukrainalik Jamala qrim tatarlarining o‘z vatanidan badarg‘a qilinishi haqidagi qo‘shig‘i bilan g‘olib deb topilgan.

Stokgolmda o‘tgan an‘anaviy qo‘shiq tanlovida Jamala hakam va tomoshabinlar bergan ovoz natijalariga ko‘ra, 534 ball to‘plagan.

Qrim tatar millatiga mansub Jamalaning "1944" deb nomlangan qo‘shig‘i 1944 yildagi fojiali voqealarga bag‘ishlangan.

O‘shanda Stalinning buyrug‘i bilan qrim tatarlari ommaviy ravishda vatanlaridan badarg‘a qilingandi.

Мултимедиа ўйнаш бу қурилмада дастакланмайди

Ularning katta qismi O‘zbekistonga kelib yerlashgan.

Tanlovda eng ko‘p teletomoshabinlar ovozini You Are The Only One ("Yagonam o‘zing") qo‘shini bilan rossiyalik ishtirokchi Sergey Lazarev olgan.

Bukmeykerlarning favoriti bo‘lgan Lazarev 361 ball to‘plagan, ammo bu uni 5- o‘ringa qo‘ygan professional hakamlarning ovozidan o‘zib ketish uchun yetarli emasdi.

Natijada Lazarev 3-o‘rinni egallagan.

Ikkinchi o‘rin tanlovda ikkinchi yil to‘laqonli ishtirokchi sifatida qatnashayotgan Avstraliyaga nasib etgan.

"Haqiqatning g'alabasi"

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Twitterdagi sahifasida Jamalani shaxsan tabriklaganini yozgan.

"Haqiqat, har doimgidek, g‘alabda qildi!" deb aytgan Ukraina rahbari.

Ukraina bundan avval 2004 yilda ham "Ovro‘nigoh" g‘olibi bo‘lgan edi.

O‘shanda birinchi o‘rin ukrainalik qo‘shiqchi Ruslanaga nasib etgan.

"1944" qo‘shig‘i Ovro‘nigoh repertuari uchun o‘zgacha edi.

Jamalaning qo‘shig‘i Qrimni 2014 yil anneksiya qilgan Rossiyaning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Rossiya qo‘shiqda siyosiy tagmazmunni ko‘radi.

Biroq qo‘shiqchining o‘zi BBC bilan suhbatda qo‘shiq o‘zi va oilasi, butun tatar xalqining tarixi ekani, hech qanday siyosiy maqsad ko‘zlanmaganini aytgandi.

Tanlovda jami 24 mamlakat vakillari qatnashishgan.

Videolavhani BBCUZBEK YouTube kanalida ham ko‘rishingiz mumkin.
  • BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - http://bbc.in/1VXp1ut
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (http://bbc.in/1VXp3CB)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa,uzbekweb.netga kiring

Бу мавзуда батафсилроқ