Ona o'g'lini puma og'zidan qutqarib qoldi

Фото муаллифлик ҳуқуқи Reuters

Koloradolik ona 5 yashar o'g'lining boshini pumaning og'zidan chiqarib olgan.

Pitkin grafligi rasmiylari xabar qilishlaricha, hodisa 17 iyun juma kechga yaqin Aspen shaharchasi yaqinida yuz bergan.

Uy ichkarisida bo'lgan ona hovlida o'g'ilchasining chinqirgani ovozini eshitgan.

Chiqib qarasa, erda yotgan o'g'lining ustida puma qoploni turipti.

Ismi-sharifi e'lon qilinmayotgan ayolning so'zlab berishicha, u yugurib borib chap qo'li bilan pumaning old oyog'i panjasini qattiq ushlagan.

O'ng qo'lini esa hayvonning og'ziga tiqqan.

Puma o'g'lining boshini og'zida ushlab turar, ayol qoplonning og'zini katta ochib o'g'lining boshini chiqarib olgan.

Ayolning qo'l va oyog'ini o'tkir tirnoqlari bilan tirnagan puma qochib qolgan.

Pitkin grafligi sherifi idorasidan xabar qilishlaricha, yuzi, boshi va bo'yni jarohatlangan bolakay Denver shahri shifoxonasiga etqazilgan.

Lekin bolaning salomatligi yaxshi, jarohatlari jiddiy emasligi aytilmoqda.

Politsiyaga xabar berilganidan keyin tabiat mutaxassislari hodisa joyiga etib borganlar.

Ayolning uyidan uncha uzoq bo'lmagan joyda bir puma otib o'ldirilgan.

Tabiat mutaxassislari aytishlaricha, bu puma ikki yoshda bo'lgan.

So'ng yana yon-atrofda qidirish boshlangan va oradan bir necha soat o'tib yana bir pumani o'ldirganlar.

Rasmiylarning taxmin qilishlaricha, Kolorado shtatida 4500 tacha puma yashaydi.

Oxirgi marta Koloradoning shimoli-g'arbidagi ovloq joyda o'tgan yili iyulida baliq tutayotgan erkakka yosh puma hujum qilgan edi.

Badanlari tirnalgan erkak tirik qolgan edi.

Xabar qilinishicha, so'nggi 25 yil mobaynida pumalar hujum qilib 3 insonni o'ldirganlar, 18 kishini yaralaganlar.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEK
  • Twitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.

Бу мавзуда батафсилроқ