Ilk bor Rim hokimi etib ayol saylanishi mumkin

Фото муаллифлик ҳуқуқи AFP

19 iyun kuni Rim shahrida hokim saylovining ikkinchi bosqichida ovoz berish boshlangan, bu saylovda korruptsiya va imtiyozlarga qarshi kurash va'dasini berayotgan Virjiniya Rajji saylanishi mumkin deya bashorat qilinmoqda.

37 yoshli kasbi yurist Rajji xonim "Besh yulduz" harakatining vakilasi, 2009 yilda asos solingan "Besh yulduz" siyosiy harakati aksar italyan siyosatchilariga boshog'riq keltirdi.

Bosh vazir Matteo Rentsining Demokratik partiyasi a'zosi bo'lgan Rimning oldingi hokimi Ignazio Marino o'tgan yili oktyabrida davlat mablag'larini sarflash bilan bog'liq mojaro ortidan iste'fo berishga majbur bo'lgan, o'shandan buyon Italiya poytaxti hokimsiz qolgan.

Shuningdek, Italiya mafiyasi bilan Rim hokimligi o'rtasida bog'liqlik borligi oshkor bo'lgani "Besh yulduz" harakati yanada mashhurlashishiga olib kelgan.

Bi-bi-si muxbiri Jeyms Reynoldsning yozishicha, yangi hokimning Rim shahrining 13 milliard Evro yoki 15 milliard AQSh dollariga teng qarzi muammosi bilan yuzma-yuz keladi.

Rimliklar asfalt yo'l yoriqlari, chiqindilarni tozalash, jamoat transporti va uy-joy bilan bog'liq muammolardan "to'yib ketganlar", deb yozadi muxbirimiz.

Rim shahri hokimligiga Virjiniya Rajjiga qarshi Demokratik partiyadan Roberto Jaketti nomzodi ilgari surilgan, ikki hafta oldin bo'lib o'tgan ovoz berishning birinchi turida Rajji xonim 35 foiz, janob Jaketti esa 24 foiz ovoz to'plagan edi.

Shahar hokimligi saylovlari Italiyaning Milan, Turin va Bolonya shaharlarida ham boshlangan, u shaharlarda ham Demokratik partiyaga oson bo'lmasligi aytilmoqda.

Ushbu saylovlardagi g'alabalar "Besh yulduz" harakatiga 2018 yildagi parlament saylovi uchun kengroq yo'l ochib beradi, bashoratlar ham bildirilayapti.

  • Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz:+44 78-58-86-00-02
  • TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
  • Instagram - BBC UZBEKTwitter - BBC UZBEK
  • Odnoklassniki - BBC UZBEK
  • Facebook - BBC UZBEK
  • Google+BBC UZBEK
  • YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
  • Skype - uzbekbbclondon
  • bbcuzbek.comga to'siq bo'lsa, uzbekweb.netga kiring.